Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan Consumer Reports notijorat tashkiloti AQSHdagi avtomobil brendlarining navbatdagi tadqiqotini o‘tkazib, eng yaxshi brendlarni ma’lum qildi.
Mutaxassislar bir qator sinovlar, so‘rovnoma, asosiy xavfsizlik tizimlari mavjudligi va “prognoz qilinuvchi ishonchlilik” mezonlari bo‘yicha eng yaxshi brendlar reytingini tuzishdi.
Reytingning yetakchisi Porsche bo‘ldi. Nemis markasining Consumer Reports tomonidan sinalgan barcha uch modeli xarid uchun tavsiya qilingan, mijozlar mamnunligining eng yuqori koeffitsiyenti, yuqori ishonchlilik va xavfsizlikni ko‘rsatgan.
2-o‘rinni Janubiy Koreyaning Genesis, 3-o‘rinni esa Subaru markalari egallagan.
Yetakchi o‘ntalikdan, shuningdek, Mazda, Lexus, Audi, Hyundai, BMW, Kia va MINI brendlari joy olgan.
33 brenddan iborat reytingning oxiri pog‘onasini Fiat markasi egallagan. Shuningdek, GMC (26-o‘rin), Alfa Romeo, Jaguar, Cadillac, Land Rover, Jeep va Mitsubishi brendlari ham ro‘yxatning oxiridan joy olgan.
Consumer Reports mutaxassislarining ma’lum qilishicha, avtomobillarning yo‘lda sinalishi anonim tarzda o‘tkazilgan, mashinalar egalarining mamnunligini baholash uchun ularning bu markadagi mashinani yana sotib olishlari-yo‘qligi so‘ralgan, “prognoz qilinuvchi ishonchlilik” mashina egalarining tezkor sinovi yordamida hisoblangan, xavfsizlik esa mashinaning bazaviy komplektatsiyasida faol va passiv himoya tizimlari mavjudligi bilan baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi