21:55 / 02.03.2015
14 926

Jahongir Poziljonov o‘zbek shou-biznesining ikki avlodini birlashtirdi

Jahongir Poziljonov o‘zbek shou-biznesining ikki avlodini birlashtirdi

«Bojalar» guruhi tez orada muxlislar e’tiboriga «Lol bo‘laman» nomli yangi qo‘shiq va unga ishlangan videoklipni havola etadi, deb xabar beradi «Darakchi» nashri.

Jahongir Poziljonov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, u ushbu klipda o‘zbek shou-biznesining ikki avlod vakillarini birlashtirishga harakat qilgan. Rollarni O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Tohir Sodiqov, Alisher Fayz, xonandalar Ruslan Sharipov, Tohir Usmonov, aktyor Sherzod Saydaliev ijro etgan. Klipga Jonrid Sagdiev rejissyorlik qilgan.

Qo‘shimcha ma’lumot o‘rnida, ayni kunlarda Jahongir Poziljonov navbatdagi konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Poziljonov o‘zbek shou-biznesining ikki avlodini birlashtirdi