08:49 / 21.09.2016
10 291

Aktyor Bred Pitt rafiqasi Anjelina Joli bilan ajrashayotganiga izoh berdi

Aktyor Bred Pitt rafiqasi Anjelina Joli bilan ajrashayotganiga izoh berdi

AQShlik aktyor Bred Pitt rafiqasi, yana bir Gollivud yulduzi Anjelina Joli bilan ajrashayotganiga izoh berdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

"Men bundan juda qayg‘udaman, biroq hozir asosiysi farzandlarimizning baxtidir. Men matbuotdan bunday og‘ir damda bizni bezovta qilmasliklarini so‘rayman", deb aytdi Pitt.

Joli Pitt bilan ajrashishga 19 sentyabrda ariza berdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, artistka erining o‘z otalik burchini ko‘ngildagidek bajara olmayotganidan norozi bo‘lgan. Joli suddan 6 nafar farzandini tarbiyalash huquqini unga berishni, Pittga esa farzandlarini dam olish kunlari ko‘rish imkoniyatini qoldirishni so‘ramoqda.

Ma’lum qilinishicha, Joli ajrashish sababi sifatida "murosaga kelib bo‘lmaydigan ziddiyatlar"ni ko‘rsatgan.

41 yoshli Joli va 52 yoshli Pitt 3 nafar asrandi farzand: kambojalik Meddoks, vetnamlik Paks va efiopiyalik Zaxarani tarbiya qilishadi. Juftlikning shuningdek Shaylo ismli qizi hamda Noks va Viven ismli egizak farzandlari bor.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktyor Bred Pitt rafiqasi Anjelina Joli bilan ajrashayotganiga izoh berdi