14:07 / 27.09.2016
18 330

Sherali Jo‘raev, Yulduz, Obid Asomov: saxnaga qaytishmoqdami?

Sherali Jo‘raev, Yulduz, Obid Asomov: saxnaga qaytishmoqdami?

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra Sherali Jo‘raev, Obid Asomov va Yulduz Usmonovalar saxnaga qaytgan. Bu haqida mashhur shoir mazkur san’atkorlarning do‘sti Muhammad Ismoil o‘z sahifasida xabar qoldirgan, deyiladi "Diydoraziz" sayti xabarida.

«Keyingi soatlarda yaxshi, yaxshi xushxabarlar qulog‘imga chalinayapti : Navoiy mukofoti sovrindori, O‘zbekiston xalq artisti, san’atimiz qiroli Sherali Jo‘raev, O‘zbekiston xalq artisti Yulduzxonim Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, do‘stimiz Obidjon Asomovlar yana katta sahnalarimizga qaytishayotgan ekanlar. Iloho eshitganlarim rost bo‘lsin! San’atimiz Osmonida porlab turgan bu yulduzlar jonajon xalqimizga xizmat qilishdan, go‘zal qo‘shiqlarni armug‘on etishdan hechqachon tolmasinlar, ming yillik O‘zbek san’ati dovrug‘ini yana butun olamga yoyaversinlar! Biz Sizlarni sevamiz, Biz Sizlarni sog‘inganmiz, Biz Sizlarni intizor kutmoqdamiz!» - deb yozadi Shoir Muhammad Ismoil.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sherali Jo‘raev, Yulduz, Obid Asomov: saxnaga qaytishmoqdami?