15:02 / 10.10.2016
15 186

Obid Asomov O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov bilan bir filmda suratga tushdi

Obid Asomov O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov bilan bir filmda suratga tushdi

Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov bilan birga bir filmda suratga tushmoqda. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

«Bir qaraganda munkillab qolgan shu otaxon, rejissyor ‘Motor!’ deyishi bilan g‘oyibdan kuch-quvvat olib, yosh aktyorlar bilan tengma-teng ishlashlarini ko‘rib, qoyil qoldim», — deb yozadi Obid Asomov.

«Bizga ham shunaqa qarish nasib qilsin! Husan aka, siz hali ham o‘sha Husan Sharipovsiz! Ko‘z tegmasin!», — deya qo‘shimcha qildi Obid Asomov Instagram’da qoldirgan xabarida.

Obid Asomov va Husan Sharipov qaysi filmda birga suratga tushayotgani, film taqdimoti qachon bo‘lishi hozircha aniq emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Obid Asomov O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov bilan bir filmda suratga tushdi