16:42 / 14.10.2016
9 410

“Mirzo Ulug‘bek” dramasi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida qayta sahnalashtirildi

“Mirzo Ulug‘bek” dramasi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida qayta sahnalashtirildi

Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub “Mirzo Ulug‘bek” dramasi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida qayta sahnalashtirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Spektakl rejissori – O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Olimjon Salimov. Rassom – O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Baxtiyor To‘raev.

Spektaklda bosh rollarni O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari Erkin Komilov, Yayra Abdullaeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Fatxulla Ma’sudov, Behzod Muhammadkarimov, Lola Eltoyevalar mahorat bilan ijro etgan.

Mazkur tarixiy spektaklda buyuk Mirzo Ulug‘bekning olim, ilm-fan homiysi sifatida amalga oshirgan ishlari, mashaqqatli hayoti, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgani aks ettirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Mirzo Ulug‘bek” dramasi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida qayta sahnalashtirildi