17:25 / 12.03.2015
8 224

Chechen yozuvchisi «Avatar» filmi uning asaridan o‘g‘irlanganini aytib, Kemerondan foydani bo‘lishishni talab qildi

Chechen yozuvchisi «Avatar» filmi uning asaridan o‘g‘irlanganini aytib, Kemerondan foydani bo‘lishishni talab qildi

Chechen yozuvchisi Ruslan Zakriev «Avatar» filmining rejissyori Jeyms Kemerondan plagiat uchun 1 millard dollar undirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi «Lentach».

Yozuvchi Kemeronni film ssenariysi uchun o‘zining «Maxfiy qurol» asarini asos qilib olganlikda ayblamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, romanni 1996 yilda yozishni boshlab, 2002 yilda internetda e’lon qilgan. Hozirda sud uchun materiallar to‘planmoqda. Checheniston yozuvchilar uyushmasi filmning va romanning ba’zi sahnalari o‘xshashligini qayd etgan.

«Kemeron filmdan ishlagan 3 milliard dollarning uchdan bir qismini bizga berishi kerak. Men kinostudiya ochib, film olishni istayman. Mening asarlarim ko‘p, kinostudiyam esa yo‘q», − dedi Zakriev.

Yozuvchi ekspertiza natijalarini olib, Kemeronga maktub yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kemeron javob yozdimi, demak nimanidir yashirmoqda. Rejissyor film ustida ishlash 1994 yilda boshlanib, texnik imkoniyatlar cheklangani tufayli 10 yilga to‘xtab qolganini eslatgan va Zakrievga uni plagiatda ayblagan yozuvchilar navbatida turishiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qilgan.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Chechen yozuvchisi «Avatar» filmi uning asaridan o‘g‘irlanganini aytib, Kemerondan foydani bo‘lishishni talab qildi