19:18 / 26.10.2016
19 376

Yakzon Rayhon va Farhod Alimovning to‘yi haqidagi gaplarga munosabatini bildirdi

Yakzon Rayhon va Farhod Alimovning to‘yi haqidagi gaplarga munosabatini bildirdi

Bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Rayhon G‘anieva va boshlovchi Farhod Alimovning to‘yi bo‘layotgani haqidagi mish-mishlar tarqalayotganidan xabaringiz bor. Tasdig‘ini topmay kelayotgan ma’lumotlarga qaraganda, to‘y 29 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu borada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva ham, boshlovchi Farhod Alimov ham fikr bildirishmadi.

To‘y haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida biz O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anievaning do‘stlari bilan bog‘lanishga qaror qildik.

Ma’lumki, Rayhon G‘anievaning eng yaqin do‘stlari qatorida shoir va xonanda Yakzon alohida tilga olinadi. To‘g‘ri, bir necha yil avval ularning munosabatlariga darz ketgan edi. Biroq Rayhon va Yakzonning bugungi munosabatlari xuddi avvalgidek. Shu sabab biz shoir Yakzon bilan bog‘landik va do‘st sifatida juftlikning to‘yi borasidagi gap-so‘zlarga izoh so‘radik.

“Men Rayhon bilan do‘stman. U bilan ijod qilaman. Biroq uning shaxsiy hayotiga aralashmayman.

Rayhonning boshlovchi Farhod Alimov bilan shaxsiy munosabati haqida ham biror gap aytolmayman. Sababi, Rayhondan shaxsiy hayoti haqida hech narsani so‘ramayman”, deydi Yakzon biz bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Rayhon G‘anieva va Farhod Alimovnig to‘yi haqidagi mish-mishlar tarqalishiga Rayhonning tug‘ilgan kunida tushilgan surat sabab bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, Farhod Alimov va Rayhon G‘anievaning do‘konda nikoh uzugi xarid qilayotganini ko‘rganlar ham topildi.

Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra Farhod va Rayhonning nikoh to‘ylari O‘zbekistonda emas, boshqa mamlakatda tor doirada o‘tkazilishi ham aytilmoqda.

Biz bu boradagi savollar bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva hamda Farhod Alimov bilan bog‘lanishga harakat qilamiz.

Ma’lumot uchun, Rayhon G‘anievaning sobiq turmushidan ikki o‘g‘li, Farhod Alimovning esa ikki qizi va bir o‘g‘li bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yakzon Rayhon va Farhod Alimovning to‘yi haqidagi gaplarga munosabatini bildirdi