Fonogramma orqali qo‘shiq, yarim-yalang‘och kiyimda raqsga tushgan yigit-qizlar va o‘rtada mikrafon ushlab turgan qo‘g‘irchoq xonanda. Ayni shunday tomoshaga bugun ko‘pchilik pul va qimmatli vaqtini sarflab chipta olib Istiqlol saroyiga tushadi. Har kimning didi, tanlovi bor. Ammo, shu kabi konsertlarga o‘rganib qoldik, muxlislar shuni “eb” o‘rgangan degan xonandalar yanglishadi, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.
Kechagina 28-29 oktyabr kunlari Istiqlol saroyida “Kuz gullari” nomli konsert dasturini taqdim etgan Jahongir Otajonov ayni haqiqatni isbotlab berdi. 5 oy ichida ikkinchi marotaba konsert berayotgan xonanda konsert zalini bemalol to‘ldira oldi.
Har ikki qo‘shiqning birida muxlislar oldiga otilib chiqib, ular bilan birga kuylab zalni jonlantirdi. Muxlislar jonli ijro zavqini his etishdi. Ananaga muvofiq zal ortiqcha dekorasiya qilinmadi, hamda maxsus liboslar bilan chiqmadi.
Qo‘shiqlar orasida g‘azalga bastalangan taronalar va modern rep-pop uslublariga xos kuylar ham bor edi. Eng asosiysi muxlislar xonandani tushundi uni qabul qildi va madaniy hordiq chiqardi. Buni tomoshabinlarning olqishlari-yu, jo‘r bo‘lib kuylashlaridan sezish mumkin edi. Ko‘pchiligmiz yaxshi bilamiz, xonandani so‘nggi qo‘shig‘i tugay demasdan muxlislarning ketishga taraddudlanadigan odatlari bor. Ammo, Jaxongirning muxlislari unday qilmadi. Dastur ham shunga arzirli edi. Jahongir Otajonov konsert oldi matbuot anjumanida har 4 oyda “Istiqlol” saroyida konsert berishini ma’lum qilgan edi. Shunday ekan, baxor kezlarida xonandadan yana shunday jonli ijro mahoratini kutib qolamiz.
Foto: Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jaev “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi