16:35 / 02.11.2016
11 338

Qirmizi olma shirin bo‘larkan, otarchining yuzi qalin bo‘larkan…

Qirmizi olma shirin bo‘larkan, otarchining yuzi qalin bo‘larkan…

Shoirning deganlari…

Qirmizi olma shirin bo‘larkan,
Ko‘zi ochning dardi qorin bo‘larkan.
O‘g‘rimi, to‘g‘rimi, nima farqi bor,
Otarchining yuzi qalin bo‘larkan.…

Yo‘l-yo‘lakay, eshitib qoldim. “Sen bo‘lmasang, aqlimdan ozaman, jonim” deb kuylayapti (to‘g‘rirog‘i, baqiryapti) bittasi. “O‘zi aqldan ayrilib bo‘psan-u, qo‘shiq aytib nima qilasan?” deydigan odam bormikan bularga!..
Yana misollar keltirib o‘tirmadim. Shundoq ham (boshqalar nazarida) hadeb shovqinchilarga osilaverib yomon ko‘rinib bo‘ldim. Lekin bu erda yoshlar ma’naviyati, ma’rifat, tilu millat ertasi kabi muhim va jiddiy masalalar bor! Mayli, ular bunaqa bema’ni gaplarni o‘ziga o‘zi xohlagancha aytib yuraversin, lekin katta maydonga, efirga chiqmasin, yoshlarni battar chalg‘itmasin. Aslida, ahvol o‘zgartirib bo‘lmaydigan darajada. Lekin imkon qadar shunaqa ommaviy shovqinchilarga qarshi kurashaveraylik; yon-atrofimizda uka-singillarimiz “sotka”ni qiyratib, ularni berilib tinglayotgan bo‘lsa, o‘sha matohni asta qo‘lidan olib, yaxshila-a-ab tushuntiraylik. Baribir, ta’siri bo‘ladi!

Shoir Behzod Fazliddin

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qirmizi olma shirin bo‘larkan, otarchining yuzi qalin bo‘larkan…