15:10 / 08.11.2016
12 805

Farhod va Rayhonning asal oyi Dubayda o‘tadi?

Farhod va Rayhonning asal oyi Dubayda o‘tadi?

O‘tgan hafta Rayhon G‘anieva hamda Farhod Alimovning nikoh to‘ylari haqidagi bahs-munozaralar bilan o‘tdi. Kimdir bu yangilikka ishondi, kimdir esa yo‘q. 5 noyabr kuni shahrimizdagi “Atlanta” restoranida ularning nikoh to‘yi munosabati bilan Amru-ma’ruf dasturxoni yozildi. Endi esa navbat to‘yga!

Hozircha, to‘yning qachon bo‘lishi ma’lum emas, biroq gap-so‘zlarga qaraganda, Farhod Alimov va Rayhon G‘anievaning asal oylari BAAning Dubay shahrida o‘tadi. Buni Farhod Alimovning ijtimoiy tarmoqlar orqali yozishmalarida ma’lum qildi

Garchi bu tasdiqlanmagan ma’lumot bo‘lsa-da, Farhod Alimovning so‘zlaridan ko‘rinib turibdiki, to‘y tadbiri kichik doirada o‘tkaziladi va ular Dubayga jo‘nab ketishadi. Balki to‘yning o‘zi Dubayda o‘tar?

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Farhod va Rayhonning asal oyi Dubayda o‘tadi?