«O‘zbeknavo» estrada birlashmasining maxsus ruxsatnoma (lisenziya) beruvchi tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bugungi kunda lisenziyasi yo‘q san’atkorlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad xabar berdi.
— Biror mashhur san’atkorning lisenziyasi tugatilsa, bu haqda «O‘zbeknavo» saytida axborot beriladi, biroq lisenziya qaytarilgani haqida axborot berilganini deyarli kuzatmaymiz. Nega shunday?
— Lisenziya amal qilish muddati tugagani yoki boshqa sabab bilan tugatilgani haqida e’lon berishdan maqsad — ularning lisenziyasiz konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanishining, turli tadbirlarga jalb qilinishining oldini olishdir. Lisenziya qaytarilgani haqidagi axborotga kelsak, bugungi kunda har qanday san’atkor bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalari orqali barchaga ma’lum qilishi mumkin.
— Hozirda «O‘zbeknavo» kimlarning lisenziyasi amal qilishini to‘xtatib qo‘ygan?
— Bugungi kunda Sitora Farmonova, Sarvar va Komil («Benom» guruhi), Tamila va Zamirning lisenziyasi amal qilishi vaqtincha to‘xtatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?