11:47 / 06.12.2016
25 251

AQShning Islom dini haqidagi eng yaxshi 6 ta kinosi

AQShning Islom dini haqidagi eng yaxshi 6 ta kinosi

Juda ko‘p yillar mobaynida Islom va musulmonlarni yomonotliq qilib ko‘rsatilgan kinolar tufayli Gollivud va Islom olami kelisha olmay yurgan edi. Masalan, “Sindbad” yoki “Arabistonlik Lourens” filmlarida arablarni boshqa dunyoga nisabatan shafqatsiz va urushqoq qilib ko‘rsatilgan edi. Bu asr boshlaridan arablar haqida salbiy munosabatlarni yo‘q qilish uchun bir ikki qadamlar qo‘yildi. Xullas, Islom va musulmonlar haqida bir nechta kinolar ham. Shular haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz, deyiladi Yangidunyo nashrida:

6. “Muqaddas zamin”

Asr boshlaridan Bibliya mavzusida epik kinolarni tushirish boshlandi. Masalan, mazkur film 11 sentyabr voqealaridan so‘ng, G‘arb va Sharq o‘rtasidagi ziddiyatlarni biroz yengillashtirishi ko‘zga tashlanadi. Ba’zi joylarini e’tiborga olinmasa (ochiq-sochiq joylari, grafika) Islom dunyosi pozitiv nuqtai nazardan aks ettirilgan.

5. “Malkolm Iks”

Mazkur film 90-yillarning murakkab rejisserlari hisoblangan Spaykom Li tarafidan suratga olingan. Oldinlari u minaitura komediyalarnini suratga olib yurgan bo‘lsa amerkialik qora tanli musulmon hayotini bayon qiluvchi “Malkolm Iks” chuqur dramadir.

Filmda bosh qahramonning “Islom millati” davridagi faoliyati va uning tashkilot va uning ta’limotidan yuz o‘girganiga to‘xtalib o‘tgan. Mazkur film haligacha baxslarga sabab bo‘lib kelmoqda. Bu filmda diniy masalalar bilan bir qatorda irqchilik masalalari ham ko‘tarilgan.

4. “Shamol ortidan yuguruvchi”

Film rejisseri Mark Fosterdir. Filmda afg‘onistonlik o‘smirlarning 30 yoshgacha bo‘lgan hayoti hikoya qilinadi. Filmda Qabul sovetlarning bostirib kirishi, toliblar hukmronligi davrlari ko‘rsatiladi. Rejisser afg‘on halqining hayotini afg‘onlar talqinida ochib berishga harakat qilgan. Va bu ishonchli tarzda amalga oshirilgan.

3. “American East” (“Amerika sharqi”)

“Amerika sharqi” filmi AQSh va zamonaviy jamiyatdagi musulmonlarning ba’zi muammolarini ko‘tarib chiqqan. Amerikalik arablar va yahudiylari to‘qnashuvlari, arab muhojirlarining bolalari bilan amerikalik bolalarni ajratishlar shular jumlasidandir. Ushub film 11 sentyabrdan so‘ng amerikalik musulmonlarning hayotini maromiga keltirish uchun platforma vazifasini o‘taydi.

2. “Sahro arsloni”

Bu libiyalik badaviylarning rahbari, mujohid Umar Muxtor (rohimahulloh) haqlarida va u boshchiligida Mussolinining Libiyani bosib olishga qarshi kurash dostonidir. Bu film Italiyada taqiqlangan, chunki filmda italiyaliklar salbiy tarafdan ko‘rsatilgan bo‘lib, jamiyatda bu haqda bo‘linish yuz berdi. Mazkur film Yaqin Sharqda eng mashhur kinolardan hisoblanadi.

1. “Risolat”

Bu Islom haqidagi eng yaxshi kinolardan. Bu kinoda payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam siyratlari tushirilgan. Film ikki marta suratga olingan. (Avval inglizcha, so‘ng arabchasi).

Filmda payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam suratlari ko‘rsatilmagan (bunday qilish mumkin emas). Mazkur film musulmonlar orasida juda mashhur bo‘lib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » AQShning Islom dini haqidagi eng yaxshi 6 ta kinosi