11:28 / 15.12.2016
12 524

«Qirol sher» multfilmi AQSh milliy boyligi deb tan olindi

«Qirol sher» multfilmi AQSh milliy boyligi deb tan olindi

«Qirol sher» multfilmi AQSh milliy boyligi deb tan olindi va Kongress kutubxonasida saqlanuvchi kartinalar ro‘yxatiga kiritildi. Bundan tashqari, ro‘yxatga 2016 yil hisobidan yana 24 ta lenta kiritildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Har yili kutubxona milliy ro‘yxatiga badiiy va madaniy qiymatga ega bo‘lgan 25 ta film kiritiladi. 2015 yil holatiga unda 675 ta kartina mavjud.

Ro‘yxat 2016 yil dekabr oyi oxirida yangi filmlar bilan boyitiladi: unga «Qirol sher» multfilmi, «‘Nonushta’ klubi» dramasi, Alfred Xichkokning «Qushlar» nomli trilleri, roud-muvi «Telma va Luiza», 1903 yilda ishlab chiqarilgan «Amerikalik o‘t o‘chiruvchining hayoti» ovozsiz lentasi va boshqalar kiritiladi. Filmlarning to‘liq ro‘yxati AQSh Kongressi rasmiy saytida chop etilgan.

Otasini yo‘qotib qo‘ygan sher bolasi haqidagi dramatik multfilm 1994 yilda ekranlarga chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Qirol sher» multfilmi AQSh milliy boyligi deb tan olindi