21:42 / 17.12.2016
10 405

“Setora” guruhining qaytishi: Kamillaning ko‘z yoshlari, muxlislar sog‘ingan qo‘shiqlar (Video)

“Setora” guruhining qaytishi: Kamillaning ko‘z yoshlari, muxlislar sog‘ingan qo‘shiqlar (Video)

Afsonaviy “Setora” guruhi katta sahnaga qaytayotgani haqida xabar bergan edik.

Guruhning yana bir a’zosi Feruza Latipova ayni paytda AQShda bo‘lgani uchun hozircha guruh faqat Kamilla va Leylidan iborat bo‘ladi.

15 dekabr kuni poytaxtdagi restoranlardan birida “Setora” guruhining muxlislari, ularning yaqinlari va OAV ishtirokida yangicha talqindagi “Rahmonim” qo‘shig‘ining taqdimot marosimi o‘tkazildi. “Sayyod” nashri marosimdan reportajni taqdim etdi.

O‘ziga xos ijodiy kechada guruhning eng mashhur va sevimli xit taronalari ham Kamila va Leyli tomonidan jonli ijro etildi.

Kamilla qo‘shiq kuylab bo‘lgach, hayajondan yig‘lab yubordi. “Qo‘shiq kuylash qanday baxt! Sevimli ishingni qilish qanday baxt!” dedi u ko‘z yoshlarini yashirolmay. Kechada Feruzaning onlayn tabrigi ham yangradi. U ekrandan turib, guruhdoshlari bilan “Yangi yil” qo‘shig‘ini ijro etdi.

“Setora” guruhi endilikda faol ijod qila boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Setora” guruhining qaytishi: Kamillaning ko‘z yoshlari, muxlislar sog‘ingan qo‘shiqlar (Video)