13:25 / 19.12.2016
14 923

“Dunyo go‘zali - 2016” toji kimga nasib etdi?

“Dunyo go‘zali - 2016” toji kimga nasib etdi?

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Dunyo go‘zali” tanlovining bu yilgi g‘olibi puerto-rikolik Stefani Del Vale bo‘ldi.

18 dekabr kuni AQSh poytaxtida yakunlangan tanlovning ikkinchi o‘rnini Dominikan Respublikasidan Yaritze Migelina Reyes Ramires, uchinchi pog‘onani esa indoneziyalik Natasha Mannuela qo‘lga kiritdi. Bu natijalarni hakamlar hay’ati rasman e’lon qildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

19 yoshli Del Valega tojni “Dunyo go‘zali - 2015” g‘olibi meksikalik Mireya Lalaguna topshirdi.

Tanlov yigirmataligi tarkibiga Avstraliya, Belgiya, Braziliya, Vengriya, Gana, Dominikan Respublikasi, Hindiston, Indoneziya, Keniya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Kuka orollari, Mo‘g‘uliston, Puerto-Riko, Slovakiya, AQSh, Tailand, Filippin, Fransiya va Yaponiya vakillari kirdi. Hammasi bo‘lib 117 nafar qiz tanlovda ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Dunyo go‘zali” tanlovi Buyuk Britaniyada Erik Morli sharofati bilan 1951 yilda paydo bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Dunyo go‘zali - 2016” toji kimga nasib etdi?