18:49 / 22.12.2016
12 223

Sevinch Mo‘minova shou-biznes vakillari bilan do‘stlashmasligiga izoh berdi

Sevinch Mo‘minova shou-biznes vakillari bilan do‘stlashmasligiga izoh berdi

Xonanda Sevinch Mo‘minova shou-biznes vakillari bilan yaqin do‘st tutinmasligining sabablari haqida gapirdi.

“Men ko‘proq vaqtimni ijod, uy va bola tarbiyasiga ajrataman. Menda dugonalarim bilan restoranda uchrashish, aylanishga chiqish degan narsalar yo‘q. Balki bu mening hayotimdagi minusdir. Balki men ham qo‘shilishim kerakdir, dugonalarim bilan “gap” o‘ynashim kerakdir. Bilmadim, men uchun asosiy narsa oilam, ijod va farzand tarbiyasi. Bo‘sh vaqtim bo‘lsa uni qizim bilan o‘tkazaman. Uni bolalar maydonchasiga olib boraman. Yoki ro‘zg‘orning kamchiligini to‘ldirish uchun supermarketga borib, narsa xarid qilaman. Mening hayotim shundan iborat. Shuning uchun ham shou-biznes vakillari bilan do‘stlashmagandirman. Unday holda men ko‘proq vaqtimni ko‘chada, o‘yin-kulgu qilib, ular bilan ko‘rishib o‘tkazishimga to‘g‘ri keladi. Men bunday narsalarga vaqt ajratmaganman. Ba’zan yig‘ilib, birga o‘tirib vaqt o‘tkazayotgan hamkasblarimga xavasim keladi. ‘Hamma narsaga vaqt topadi-ya,bular’ deb qo‘yaman. Men esa bo‘sh vaqtim bo‘lsa, yaxshisi qizim bilan uyda o‘tirgim keladi. Uyda chiroyli ovqat qilib, qizim bilan yaxshi kino tomosha qilib vaqtimni o‘tkazishni istayman. Menga shu hayot yoqadi”,—deydi Sevinch hamkasblari bilan yaqin dugona tutinmaganligiga izoh berar ekan.

Avvalroq, Sevinch turmush o‘rtog‘i Sharof Muqimov bilan alohida yashasa-da, o‘zaro munosabatlari yaxshi ekanligini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sevinch Mo‘minova shou-biznes vakillari bilan do‘stlashmasligiga izoh berdi