15:25 / 25.12.2016
29 993

Rayhon G‘aniyeva yana kelinlik libosini kiydi

Rayhon G‘anieva yana kelinlik libosini kiydi

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva o‘tgan oy boshlovchi Farhod Alimov bilan nikohdan o‘tdi. To‘yni katta tantana sifatida nishonlashni istamagan Rayhon va Farhod ko‘p o‘tmay Dubayga jo‘nab ketishdi. So‘ng sayohat Hindistonda davom etdi.

Ayni damda internetda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anievaning kelinlik libosida tushgan suratlari tarqalmoqda. Bu orada esa Farhod va Rayhonning nishonlanmagan to‘ylari endi o‘tkazilishi bilan bog‘liq gap-so‘zlar tarqaldi.

Kelinlik libosidagi bir necha suratlarni Rayhonnng o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirdi va bu to‘y liboslari saloni uchun tushilgan surat ekanini ma’lum qildi.

Ayni damda Rayhon G‘anieva 2017 yilning fevral oyida “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan yangi konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon G‘aniyeva yana kelinlik libosini kiydi