14:01 / 26.12.2016
11 361

Gulbahor Erqulova Ozodbek Nazarbekovning jonli ijroda kuylay olmasligiga sha’ma qildi

Gulbahor Erqulova Ozodbek Nazarbekovning jonli ijroda kuylay olmasligiga sha’ma qildi

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning 2017 yilda konsert qo‘ymasligi katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Buni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning katta sahnalarga qaytishi bilan bog‘laganlar ham topildi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa yana muhokama boshlandi.

Instagram’da Yulduz Usmonovaning nomiga muxlislar tomonidan ochilgan sahifaga Ozodbekning 2017 yilda konsert qo‘ymasligi bilan bog‘liq xabar joylashtirilib, Usmonovaning nomidan izoh qoldirildi. Unda Yulduz Usmonova Ozodbek Nazarbekovni hurmat qilishi, konsert bermasligining sabablari boshqa ekani yozilgan. Biroq Yulduz Usmonovaning ijtimoiy tarmoqda muxlislar tomonidan ochilgan sahifaga bunday gaplar yozilganidan xabari yo‘q.

Shoir Botir Ergashev esa bu gaplarni o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joylashtirib, Yulduz Usmonova mish-mishlarga javob berganini ma’lum qilgan. Balki shoir Yulduz Usmonova nomiga ochilgan sahifadan xonandaning o‘zi foydalanmasligini, unda yozilayotgan gaplar, joylanayotgan suratlardan bexabarligini bilmasa kerak.

Mazkur masalaga nisbatan ko‘plab internet foydalanuvchilari qatorida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova ham fikr bildirdi.

“Jonli ijro, deb vahimaga aylantirdinglar. O‘zi ham biladi 15 kun jonli ijroda ayta olmaydi. Mayli, odamlar fonogrammaga o‘rgangan-ku, o‘sha qo‘shiqni o‘zi aytgan-ku. Konsertda o‘sha darajada kuylay olmas, vaziyat har xil... Oxirgi bir hafta 70 foiz jonli kuyladi. Jonli ijro qahramonlik emas, bizda ham fonogramma umuman yo‘q bo‘lsa, hamma narsa suvning yuziga chiqadi”, deb yozadi Gulbahor Erqulova.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbhor Erqulova bundan avval ham ko‘plab xonandalarni tanqidga olgan edi. O‘zbekiston xalq artistlari Zulayho Boyxonova, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Rayhon G‘anieva, Ziyoda Qobulova, xonandalar Shahzoda, Manzura Yo‘ldosheva, Munisa Rizaeva bir necha bor Erqulovaning nishoniga tushishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gulbahor Erqulova Ozodbek Nazarbekovning jonli ijroda kuylay olmasligiga sha’ma qildi