16:05 / 03.01.2017
9 187

Gulbahor Erqulova «O‘zbekiston» telekanalidagi bayram dasturini va Ulug‘bek Rahmatullaevni tanqid qildi

Gulbahor Erqulova «O‘zbekiston» telekanalidagi bayram dasturini va Ulug‘bek Rahmatullaevni tanqid qildi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali “O‘zbekiston” telekanalidagi bayram dasturini tanqid qildi, deb yozadi «Qalampir.uz».

O‘z fikrlarini bayon etish asnosida bir xonandaning chiqishlaridan suratlarni joylashtirar ekan, tanilmagan xonandalar bayram dasturlarida chiqishiga alohida e’tibor qaratdi. Darhaqiqat, Erqulova suratini joylashtirgan xonandani nafaqat tomoshabinlar, balki san’at olami vakillarining ko‘plari tanimaydilar.

“O‘zbekiston” telekanali shuncha vaqt ketkazib, shunday xonandalarni topib, yangi yil bazmiga chaqirishibdi yoki prodyuserlari borib kelishgan... Ahvolini qarang, shuncha sanatda ishlab, ko‘rmaganman va tanimayman ham. To‘g‘ri, bir-ikki kahramonlar chiqishdi. Mayli, ularni chiqishiga hamma o‘rganib ham qoldi. Xalqimiz gapiradi, kuyadi shulardan boshqa yo‘qmi, deb – foydasi yo‘q. Mayli, ularning ovozi bor, iqtidori bor. Bir kun biror odam o‘zi bir xillikdan zerikib, o‘zgarmasa, hozircha shunaqa bo‘laveradi. Qancha kanal bo‘lsa, qoyil hamma joyga ulgurishibdi. Rossiya kanallarini karang qanaqa chiroyli dasturlar va eng kuchli sanatkorlar chiqishdi. Yoshlari nechchida bo‘lsa ham ssenariy asosida o‘z o‘rnida, birorta xalq tanimaydigan sanatkorni ko‘rmaysiz”, deb yozadi xonanda.

Gulbahor Erqulova ko‘pchilikning dilidagi gapni topib aytdi chog‘i, ijtimoiy tarmoqda uning hamfikrlari soni ortdi. Tanqidlar muhokamaga aylanib ketdi. Erqulova dasturni olib borgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaevga alohida e’tiroz bildirdi.

“Dekorasiya bir xil. Shunday ekan, ob-havo ham bir xil. Lekin kimdir issiq, kimdir yengil kiyimda. Rejissyor shu jihatlarga e’tibor qaratmagan. Ulug‘bek degan qo‘shiqchidan boshqa olib boruvchi O‘zbekistonda yo‘q deb o‘ylashgan. Qancha iqtidorli aktyorlarimiz, suxandonlarimiz bor, axir. Mana, Rossiya kanallarida qo‘shiqchilar bayram ko‘rsatuvilarini olib borishadi, lekin ularning dunyoqarashlari boshqa, hamma san’atkorlarni tanishadi va to‘g‘ri baho berishadi”.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gulbahor Erqulova «O‘zbekiston» telekanalidagi bayram dasturini va Ulug‘bek Rahmatullaevni tanqid qildi