13:37 / 09.01.2017
7 500

«Oltin globus» mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

«Oltin globus» mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Amerikaning Los-Anjeles shahridagi «Beverli Xilton» mehmonxonasida «Oltin globus» kinomukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi «Daryo» nashri.

«Oltin globus» mukofotini «Eng yaxshi komediya yoki myuzikl» yo‘nalishida «La-La Lend» (La La Land) filmi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu kartina eng yaxshi rejissyorlik ishi, eng yaxshi ssenariy, musiqa va original qo‘shiq yo‘nalishlarida ham mukofotlarga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, Rayan Gosling va Emma Stoun mazkur filmda ijro etgan bosh rollari uchun mukofotga loyiq deb topildi.

«Oy nuri» (Moonlight) eng yaxshi dramatik film deb topildi. «Eng yaxshi dramatik aktyor» yo‘nalishida «Manchester» (Manchester by the Sea) filmida bosh rolni ijro etgan Keysi Afflek g‘olib bo‘ldi. Izabel Yupper esa «U» (Elle) filmidagi roli uchun eng yaxshi dramatik aktrisa deb tan olindi.

Eng yaxshi dramatik serial «Toj» (The Crown) bo‘ldi. «Eng yaxshi animasion film» yo‘nalishida mukofotni «Hayvonlar mamlakati» (Zootopia) multfilmi qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Oltin globus» mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi