12:14 / 11.01.2017
25 919

Yulduz Usmonova “Istiqlol” sahnasida 13 kun konsert beradi

Yulduz Usmonova “Istiqlol” sahnasida 13 kun konsert beradi

10 yillik tanaffusdan so‘ng katta sahnalarga qaytgan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsert berishini kutayotganlar talaygina. Xonanda O‘zbekistondagi eng muhtasham saroylardan biri bo‘lgan “Istiqlol”da so‘nggi bor 2007 yilda konsert bergandi.

Katta sahnalarga qaytgan Yulduz Usmonova va nihoyat konsert kunlarini e’lon qildi.

Ishonchli manbalarimiz etkazgan ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 10 yillik tanaffusdan keyingi ilk konsert dasturi 11-23 aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.

Usmonova navbatdagi konsert dasturini “Ey, aziz inson”deb nomladi. 13 kunlik konsert dasturining chiptalari qachon sotuvga chiqishi va narxlari haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova “Istiqlol” sahnasida 13 kun konsert beradi