12:25 / 16.01.2017
9 897

Selena Gomes sochlarini nega kesdi?

Selena Gomes sochlarini nega kesdi?

Selena Gomes nomi butun dunyoga mashhur. O‘zining betakror go‘zalligi va beg‘uborligi bilan millionlar qalbini zabt etgan amerikalik iste’dod egasini qadam qo‘ymagan sohasi yo‘q. Kino aktrisasi, teleboshlovchi, qo‘shiqchi, bastakor, prodyuser, dizayner, model, sahovatpesha.. buni sanab adog‘iga etib bo‘lmaydi. 2012 yildan e’tiboran u YuNISEF elchisi vazifasida ham jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Ayna shu yili Selena Gomes Glamour jurnali versiyasiga ko‘ra yil ayoli deya e’tirof etildi.
2009 yildan e’tiboran musiqa olamiga kirib kelgan iste’dod egasi olamshumul muvaffaqiyatga erishdi.
Uning har bir harakati millionlab muxlislari e’tiborida turadi.
Kuni kecha uning uzun sochlarini kesgani to‘g‘risidagi xabar katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Uning yangi obrazdagi, yangi bob usulidagi turmagi bilan tushgan suratni stilist Xanga Vango o‘z mikroblogida barcha bilan ulashdi. Qisqa muddat ichida bu xabar millionlab “layk” yig‘di. “Selena Gomes nega sochlarini kesdi”, “Ajoyib”, “Yangi turmak yarashibdi” kabi izohlar to‘lib ketdi.
Insonlar juda qiziqda, kunning bosh mavzusi 26 yoshli qo‘shiqchining turmagini muhokama qilishdan iboratmi? Ijtimoiy tarmoqlar shunchalik ijtimoiylashib ketdiki, insonlar ijtimoiy hayotdan uzilib qolishmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘tgan yili uch oy davomida Gomes betobligi tufayli Instagram tarmog‘iga kirmagan bo‘lsada, 2016 yil davomida «Instagram qirolichasi» unvonini o‘zida saqlab qoldi. Uning sahifasida 104 millionta obunachi bo‘lib, bu borada absolyut rekord ham aynan unga tegishli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Selena Gomes sochlarini nega kesdi?