23:53 / 16.01.2017
12 708

Lola bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Rossiyada yashashini ma’lum qildi

Ayni damda Moskva shahrida sayohat qilayotgan xonanda Lolaning Instagram`dagi sahifasiga joylayotgan suratlari muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi «Darakchi.uz».

Xonandaning ashaddiy muxlislari mazkur suratlardan uning sevgan insoni Moskvada yashashini taxmin qildi. Ulardan biri Lolaga shu savol bilan murojaat qildi. “Turmush o‘rtog‘ingiz Moskvada yashaydimi, noyabr oyida ham Rossiyaga borgan edingiz?” degan savolga Lola “Xa” deya javob berdi.
Lola bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Rossiyada yashashini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, Lola 2016 yil 7 avgust kuni Moskva shahridagi “Bolshoy Kosmos” konsert zalida yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan edi.

Xonandaning Instagram`dagi sahifasini muntazam kuzatib boruvchi internet foydalanuvchilariga yaxshi ma’lumki, xonanda 2016 yilning noyabr oyida ham Rossiyaning Moskva shahriga borib kelgan edi.

Xonanda bundan avval ham bir necha bor bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini uchratganiga shama qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Rossiyada yashashini ma’lum qildi