O‘zbek kino ishqibozlariga yaxshi tanish, bosh qahramoni Po‘lat Olamdor bo‘lgan “Qashqirlar makoni” seriali 2016 yil yoz kelishi bilan mavsumiy ta’tilga chiqib, 1 oktyabrda yana davom etishi rejalashtirilgan edi.
Ammo bu sarguzasht-serial muxlislari “Qashqirlar makoni”ning yangi mavsumi boshlanmagach, buning sababini bilolmay taajjubda qolishdi. Dastavval, texnik-tashkiliy sabablar mavjudligi bildirildi, keyinroq esa katta mojaro o‘rtaga chiqdi.
Serialning 2012 yilda namoyish etilgan 159-seriyasida qabriston sahnasi bo‘lib, unda qabr toshlaridan biriga “Erdog‘an” deb yozilgani oradan to‘rt yil o‘tgach e’tiborga tushdi. Solishtirib ko‘rilganda, film suratga olingan qabristondagi aynan o‘sha toshning ustida aslida boshqa ism mavjudligi aniqlandi. Aynan shu sababdan “Qashqirlar makoni” to‘xtagani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Keyinroq, boshqa bir, yuqoridagidanda ishonchliroq ko‘ringan sabab paydo bo‘ldi. “Qashqirlar makoni” seriali prodyuserlari Turkiyada o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishiga urinishdan ikki oy avval “Qashqirlar makoni – To‘ntarish” nomidagi film va sayt domenini patentlash uchun murojaat etishgan. Bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin esa, “Qashqirlar makoni”ni suratga olayotganlar to‘ntarishga urinish bo‘lishidan xabardor edilarmi?” degan savol paydo bo‘ldi. Natija o‘laroq esa “Pana film” egalariga nisbatan AQShda istiqomat qiluvchi, Turkiyaning mavjud tuzumini yo‘q qilib, tashqi kuchlar tomonidan boshqariladigan o‘yinchoq islomiy tuzum o‘rnatmoqchi bo‘lgan Fethullah Gyulenga aloqadorlikdan jinoiy surishtiruv boshlandi.
O‘tgan hafta turk mediasida berilgan xabarlarga ko‘ra, bu yilga mavsumda “Qashqirlar makoni” seriali namoyish etilmaydi. Serial ijodkorlari bu mavsum davrida “Qashqirlar makoni”ning bir dona badiiy filmi suratga olinishini ma’lum qilishdi.
Manba: Vodiymedia.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi