O‘zbek teatr va kino san’atining taniqli ijodkori, iqtidorli aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova shifoxonaga tushdi. Bu haqda aktrisaning qiziga tayanib, «Qalampir.uz» xabar berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Xoliqova 22 yanvar kuni tobi qochgani bois Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlarning tashxisiga ko‘ra, Muqaddas Xoliqova ikkinchi bor yurak xurujini boshidan kechirgan va zudlik bilan shifoxonaning jonlashtirish bo‘limiga joylashtirilgan.
Muqaddas Xoliqova 2013 yilda ham yurak xurujiga chalingan edi. Davo choralari ko‘rilgach, aktrisa yana ishiga qaytdi. O‘zbek milliy akademik drama teatrining eng ko‘zga ko‘ringan aktrisalaridan sanalgan Muqaddas Xoliqovaning hozirgi ahvoli haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?