16:30 / 25.01.2017
12 515

Yurak xurujiga chalingan Muqaddas Xoliqova boshqa shifoxonaga o‘tkazildi

Yurak xurujiga chalingan Muqaddas Xoliqova boshqa shifoxonaga o‘tkazildi

Avvalroq, o‘zbek teatr va kino san’atining taniqli ijodkori, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning ikkinchi bor yurak xurujini boshidan o‘tkazgani, Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgani haqida xabar bergan edik.

Oradan ko‘p o‘tmay, Muqaddas Xoliqovaning qizi Zebiniso ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali onasining ahvoli haqida ma’lumot berib, 24 yanvar kuni, tunda shifokorlarning e’tiborsizligi sabab Xoliqova ko‘p qon yo‘qotgani, qon bosimi tushib ketib, salomatligi yanada og‘irlashgani haqida yozdi va shifokorlarni inson salomatligi yo‘lida o‘z ishiga yanada e’tiborliroq bo‘lishga chaqirdi. Shifokorlarga nisbatan e’tirozlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan o‘chirib yuborgan Zebiniso uni takror tarmoqqa joylashtirdi. Bu holatga nisbatan “Oldiniga ko‘p o‘yladim, ayrim tibbiyot xodimlarining mas’uliyatsizligini yozmasammikin deb. Lekin nega indamasligim kerak? Yozaman ham. Ba’zi shifokorlar juda mas’uliyatsiz, ayniqsa, hamshiralar. Shifokorlar qaraydi, davolaydi. Biroq ayrim hamshiralarning layoqatsizligi bemorlarning og‘ir ahvolga tushishiga sabab bo‘ladi”, deydi Xoliqovaning qizi.

Muqaddas Xoliqovaning qizi Zebinisoning ma’lum qilishicha, Muqaddas Xoliqova kecha, 24 yanvar kuni tushdan so‘ng 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo‘limini tark etib, Toshkentdagi Respublika Kardiologiya markazi shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Ayni damda Xoliqovaga qo‘yilgan tashxis bo‘yicha shifokorlar davo choralarini ko‘rishmoqda. Aktrisaning qachon jonlantirish bo‘limidan chiqarilishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Muqaddas Xoliqovaning qizi biz bilan suhbatda Respublika Kardiologiya markazi shifoxonasi xodimlari va onasining muxlislari, do‘stlariga minnatdorchilik bildirdi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning tezroq sog‘ayib, jonajon teatri sahnasiga qaytishini tilab qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yurak xurujiga chalingan Muqaddas Xoliqova boshqa shifoxonaga o‘tkazildi