22:46 / 25.01.2017
15 283

Toshkentlik qiz "Koinot go‘zali" tanlovi chorak finaliga chiqdi

Toshkentlik qiz "Koinot go‘zali" tanlovi chorak finaliga chiqdi

Tanlov tashkilotchilari o‘zbekistonlik qizlar o‘z nomzodlarini ko‘rsatishlari mumkinligini, tashkiliy qo‘mita O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan qizlarning anketalarini ko‘rishda davom etayotganligini ma’lum qilishgan.

Ikki oy ilgari 18-26 yoshli qizlar o‘rtasida "Koinot go‘zali — 2017" xalqaro tanlovi uchun kasting e’lon qilingandi. Bugun toshkentlik 26 yoshli Aneta Sultanova loyihaning O‘zbekistondan ishtirok etuvchi birinchi ishtirokchisi deb e’tirof etildi, deb xabar qilinmoqda tanlov matbuot xizmati tomonidan.

Toshkentlik qiz "Koinot go‘zali" tanlovi chorak finaliga chiqdi

Aneta go‘zallik salonida ishlaydi, reklamada suratga tushishga qiziqadi hamda mahalliy dizaynerlarning moda namoyishlarida ishtirok etgan.
Toshkentlik qiz "Koinot go‘zali" tanlovi chorak finaliga chiqdi

Tanlov tashkilotchilari o‘zbekistonlik qizlar o‘z nomzodlarini ko‘rsatishlari mumkinligini, tashkiliy qo‘mita O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan qizlarning anketalarini ko‘rishda davom etayotganligini ma’lum qilishgan. Buning uchun tanlov saytida berilgan anketani to‘ldirish lozim.

Tashkiliy qo‘mita chorak finalning barcha ishtirokchilarini aniqlaganidan so‘ng internet ovoz berish tashkil etiladi va yarim finalchilar butunjahon internet tarmog‘idagi foydalanuvchilar tomonidan aniqlanadi. "Koinot go‘zali — 2017" xalqaro tanlovi o‘tkaziladigan muddat va shahar nomi keyinroq ma’lum qilinadi. Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘olibasi 25 ming dollar mukofot va "Koinot go‘zali — 2017" unvoni hamda g‘oliblik toji bilan taqdirlanadi. Unga shuningdek, tanlov homiylari va hamkorlari o‘z sovg‘alarini topshirishadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinni olgan finalchilarga esa "Ikkinchi Koinot go‘zali — 2017" va "Uchinchi Koinot go‘zali — 2017" unvonlari beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkentlik qiz "Koinot go‘zali" tanlovi chorak finaliga chiqdi