20:52 / 27.04.2015
10 861

Jasur Umirovniki ekanligi taxmin qilingan Porsche «Moskvich» bilan to‘qnashgani xabar berildi

Jasur Umirovniki ekanligi taxmin qilingan Porsche «Moskvich» bilan to‘qnashgani xabar berildi

Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhiga Porsche Cayenne va «Moskvich» rusumidagi avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani aks etgan fotosurat joylashtirildi, deb yozadi Daryo.uz.

Surat ostiga qoldirilgan izohlarda foydalanuvchilardan bir nechtasi ushbu Porsche avtomobili xonanda Jasur Umirovga tegishli ekanligini yozgan. To‘qnashuv oqibatida Porsche’ga yengilroq, «Moskvich»ga jiddiyroq zarar etgan.

Ko‘pchilik avariya aynan Porsche yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishlarini ajratuvchi chiziq borligiga qaramay boshqa yo‘nalishga o‘tishga uringani tufayli sodir bo‘lganini taxmin qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jasur Umirovniki ekanligi taxmin qilingan Porsche «Moskvich» bilan to‘qnashgani xabar berildi