18:41 / 02.02.2017
6 846

Beyonse egizak farzand kutmoqda

Beyonse egizak farzand kutmoqda

Bir necha oydan beri xonanda Beyonsening homiladorligi haqidagi mish-mishlar to‘xtamayotgan edi. Garchi OAV xodimlari Beyonseni bu boradagi savollarga ko‘mib tashlagan bo‘lsalarda, xonanda hech qanday rasmiy javob qaytarmagandi.

Kecha, 1 fevral kuni Beyonse ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali haqiqatan ham homilador ekani, egizak farzand kutayotganini ma’lum qildi.

“Biz siz bilan muhabbatimiz va baxtimizni baham ko‘rmoqchimiz. Bizga ikki karra duo tegdi. Oilamiz yana ikki kishiga ko‘payishidan bag‘oyat xursandmiz. Ezgu tilaklaringiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiramiz”, deb yozadi Beyonse.

Ma’lumot uchun, 47 yoshli xonanda Jey-Zi hamda 35 yoshli Beyonse ikkinchi bor ota-ona bo‘lishadi. Ularning Blyu Ayvi Karter ismli 3 yoshli qizaloqlari bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Beyonse egizak farzand kutmoqda