19:12 / 02.02.2017
19 189

Shohjahon Jo‘raev otasi haqidagi mudhish xabarning yolg‘on ekanini surat bilan isbotladi

Shohjahon Jo‘raev otasi haqidagi mudhish xabarning yolg‘on ekanini surat bilan isbotladi

Shu kunlarda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raevning vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli mish-mishlar tarqatilayotgani haqida xabar bergan edik.

Garchi internetda yashin tezligida tarqalayotgan gaplar yolg‘on ekani ma’lum qilingan bo‘lsa-da, Sherali Jo‘raev muxlislari orasida allaqachon gap-so‘zlar bolalab bo‘ldi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Shu sababli bo‘lsa kerak, hofizning to‘ng‘ich o‘g‘li Shoxjahon Jo‘raev Instagram’dagi sahifasiga kecha, 1 fevral kuni otasi bilan tushgan suratini joylashtirdi. Suratga ostiga o‘ylashimizcha, xonandaning ma’muri izoh yozib qoldirdi. Unda muxlislardan turli gap-so‘zlarga ishonmasliklari iltimos qilinadi:

“Diqqat! Telegram’da tarqalgan yolg‘on xabarlarga ishonmanglar. Bu hasadgo‘y kimsalarning ataylab o‘ylab topgan navbatdagi yolg‘oni. Yaratganga shukrlar bo‘lsinki, Sherali Jo‘raev ko‘rib turganingizdek soppa-sog‘. Ota-bola birga tushlik qilishyapti.

Ustozimiz hali ko‘p yillar xalqimizga o‘z qo‘shiqlari bilan xolis xizmat qilishlarini Yaratgandan so‘rab qolamiz.

Har xil yolg‘on mish-mishlarni tarqatayotganlarga ham Xudo insof bersin”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shohjahon Jo‘raev otasi haqidagi mudhish xabarning yolg‘on ekanini surat bilan isbotladi