22:03 / 30.04.2015
12 937

Munisa Rizaevaning onasi: Qizim 10 so‘m pul topsa, 15 so‘mini yaxshilikka sarflaydi

Munisa Rizaevaning onasi: Qizim 10 so‘m pul topsa, 15 so‘mini yaxshilikka sarflaydi

Avvaliga farzandining san’atkor bo‘lishiga qarshi chiqqan Avalon kompaniyasining bosh direktori Dilorom Bo‘rixo‘jaeva uch qizi ichida eng mehriboni Munisa Rizaeva ekanligini qayd etdi. Bu haqda «Bekajon» gazetasiga asoslanib «Daryo» nashri xabar beradi.

«Qizlarim orasida eng mehriboni Munisa, – dedi Dilorom Bo‘rixo‘jaeva. – U har kuni nafaqat dadasi va mendan, balki barcha yaqinlaridan xabar olib turadi.

10 so‘m pul topsa, 15 so‘mini yaxshilikka sarflaydi. Nogironlar uylariga borib turadi. U erda og‘ir kasallika chalingan qizchani yaxshi ko‘rib qolgandi. Undan hamisha xabar olib turardi, afsuski, qizcha olamdan o‘tdi. Munisa juda qattiq xafa bo‘ldi, bir necha kun o‘ziga kelolmadi.

Bir so‘z bilan aytganda, Munisa doim odamlar orasida».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizaevaning onasi: Qizim 10 so‘m pul topsa, 15 so‘mini yaxshilikka sarflaydi