15:53 / 07.02.2017
11 862

Aktyor Turg‘un Beknazarov unvon va uy-joy muammosi bilan vazirga murojaat qildi

Aktyor Turg‘un Beknazarov unvon va uy-joy muammosi bilan vazirga murojaat qildi

Muqimiy nomidagi musiqiy teatr aktyori Turg‘un Beknazarov unvon va uy-joy muammosi bilan O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedovga murojaat etdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, vazir har ikkala masala bo‘yicha 2017 yilning to‘rtinchi choragida muammolarni bartaraf etish borasida boshqarma boshliqlariga topshiriqlar bergan.

«Garchi Turg‘un Beknazarov tomonidan bayon etilmagan bo‘lsa-da, Bahodir Ahmedov 2017 yil kuzida aktyorning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan ijodiy kecha tashkil qilish borasida ham tegishli ko‘rsatma berdi», — deyiladi vazirlik axborotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktyor Turg‘un Beknazarov unvon va uy-joy muammosi bilan vazirga murojaat qildi