09:12 / 11.02.2017
20 472

Yana bir o‘zbek xonandasi Hindistonda vafot etdi

Yana bir o‘zbek xonandasi Hindistonda vafot etdi

O‘zbekiston madaniyati va san’ati og‘ir judolikka yuz tutdi. 10 fevral kuni G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansambli yakkaxoni Munira Muhammedova vafot etdi.

1966 yilning 26 martida tavallud topgan Munira Muhammedova tinglovchilar orasida tojik, fors, arab tilidagi qo‘shiqlari bilan tanilgan edi.

Uzoq yillar G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansamblida faoliyat yuritgan Munira Muhammedova salomatligi bilan bog‘liq muammolar sabab jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan davolanish uchun Hindistonga yo‘l olgan. Shifokorlar xonandaning jigar sohasida operasiyani o‘tkazishadi, biroq urinishlar zoe ketib, xonanda bevaqt olamdan ko‘z yumdi.

O‘tgan yili 50 yoshni qarshilagan Munira Muhammedovani taniganlar g‘ayratli, samimiy inson sifatida xotirlaydilar.

Fursatdan foydalanib, Munira Muhammedovaning oila a’zolari va yaqinlariga tahririyatimiz nomidan hamdardlik bildiramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yana bir o‘zbek xonandasi Hindistonda vafot etdi