12:12 / 11.02.2017
8 456

Vengriyalik professor Sherali Jo‘raevning qo‘shig‘ini eshitish uchun safarini kechiktirdi

Vengriyalik professor Sherali Jo‘raevning qo‘shig‘ini eshitish uchun safarini kechiktirdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. "Avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas" deb nomlangan kechada O‘zbekiston xalq shoirlari Xurshid Davron, Iqbol Mirzolar hamda O‘zbekiston xalq hofizi Sherali Jo‘raev ishtirok etishdi, deb yozadi "Sputnik" nashri.

Sherali Jo‘raev Navoiy g‘azallari bilan bastalangan bir qancha qo‘shiqlarini ijro etdi.

Milliy ruhda o‘tayotgan badiiy-musiqiy kechada bor diqqat-e’tibori bilan kuy tinglayotgan chet ellik mehmon barchaning e’tiborini tortdi.

Beneden Peri asli vengriyalik bo‘lib, navoiyshunos olim, professor sanaladi. Kechaga esa u aynan buyuk hofiz Sherali Jo‘raevni shaxsan ko‘rish va uning Navoiy g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlarini tinglash uchun tashrif buyurgan.

"Men Sherali Jo‘raevni 1990-yillardan tinglayman, chunki uni otam eshitardi. Uyimizda uning qo‘shiqlari yozilgan plastinkalar bo‘lardi. Hayotimdagi men uchun sharaf hisoblangan ishlardan biri Alisher Navoiy ijodini o‘rganganligim bo‘lsa, ikkinchisi Sherali Jo‘raevni ko‘rish edi.

Bugun biz xizmat safari bilan Navoiy viloyatiga ketishimiz kerak edi. Biroq Sherali Jo‘raev kuylashini eshitib safarni kechiktirdim. Chunki men uning ashaddiy muxlisiman" — deydi hayajonini yashirmay Beneden Peri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Vengriyalik professor Sherali Jo‘raevning qo‘shig‘ini eshitish uchun safarini kechiktirdi