17:51 / 18.02.2017
10 742

Shahzoda: 38 yillik umr, 15 yillik ijod, topish va yo‘qotishlar

Shahzoda: 38 yillik umr, 15 yillik ijod, topish va yo‘qotishlar

Shahzoda... U o‘zbek shou-biznesida o‘z o‘rniga, mavqeiga, muxlisiga ega xonandalardan. Uning ovozi hamin qadar, balki ijodida tarixda qoladigan qo‘shiq ham topilmas, balki yana 10 yildan keyin u butkul unut bo‘lar. Biroq Shahzoda ijodi bilan bugungi yoshlarning nazariga tushgan. Aytajak so‘zi, qo‘shiqlarida demoqchi bo‘lganlari talaygina.

O‘tgan yil xonandaning ijodiga 15 yil to‘ldi. 2016 yildagi konsert dasturida Shahzodaning 15 yillik ijodi va 38 yillik umrini aks ettirgan video namoyish etilgan edi. Unda xonandaning bolalik yillari, ota-onasi haqidagi xotiralari, san’atga kirib kelishi bilan bog‘liq o‘ylar, oila, farzand, do‘stlar va dugonalar, dushmanlar, yo‘lida uchragan turli kimsalarga tashakkurlari aytilgan, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Shahzoda ijodining etti yilini televidenie, radio va ommaviy axborot vositalaridan yiroqda o‘tkazdi. Shunday bo‘lsa-da ijodini to‘xtatmadi. Cheklovlarni yorib o‘tishga urindi va ko‘zlagan maqsadiga etdi. Bunday sinovlardan davrida har qanday kishi atrofidagilarni yaqindan tanishi, kim do‘st, kim dushman, kim shunchaki tanish-bilish ekanini anglaydi, niqob echilganda asl yuzlarni taniydi. Shahzodaga ham bu hol begona emas. Videolarda aynan shular tavsirlangan.

Birinchi va ikkinchi videoda “Men baxtlimanmi?”, degan savol o‘rtaga tashlanadi. Unda Shahzodaning umri davomida ko‘rgan-kechirganlari aks etadi. San’at, do‘stlik, oila...

Xonanda bundan bir necha yil ilgari yaqin dugonasi Lola Yo‘ldoshevaning otasi Ravshan Yo‘ldoshevga turmushga chiqqan edi. Ayni damda ularning ikki nafar farzandlari bor. U uchinchi videoda har qanday vaqtda uning qo‘llarini tutgan vafodori borligiga ishora qiladi. To‘g‘ri, Shahzodaning bugungi baxtli hayoti bunyod bo‘lishi o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Do‘stlarning yuz o‘girishi, Lola bilan munosabatlarga darz ketishi... Xullas Shahzoda bugungi kunlarga osonlikcha etib kelmagani, hayotida ko‘p mashaqqatlar o‘tgani aytilgan.

Videoda Shahzodaning bir ayol, bir san’atkor, bir ona sifatida o‘zini baxtli his eta olgani, san’atkor bo‘lib dunyo kezgani, ayollik baxtini tuygani, ona bo‘lib farzand ko‘rgani tasvirlangan.

Bir so‘z bilan aytganda, xonandaning dilidagi gaplar videoda ham aks etgan. U so‘nggi so‘z o‘rnida “Men baxtliman”, deydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda: 38 yillik umr, 15 yillik ijod, topish va yo‘qotishlar