15:14 / 20.02.2017
27 949

​Zarina Nizomiddinova: “O‘g‘limning otasi bilan gaplashmaymiz”

​Zarina Nizomiddinova: “O‘g‘limning otasi bilan gaplashmaymiz”

Aktrisa Zarina Nizomiddinova jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda Facebook orqali jonli suhbatda muxlislarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi, deb yozadi «Darakchi.uz».

Xususan, Zarina erta turmush qurganidan afsuslanmasligini aytadi:

—Yoshlik payti odam o‘ylamasdan qaror qabul qilar ekan. Nimagadir, men yosh turmush qruishga qaror qildim. Lekin bundan afsuslanmayman. Yaxshi tomoni, judayam yosh ona bo‘ldim. 19 yoshda farzand ko‘rdim. Hozir mana 8 yoshli o‘g‘lim bor. Maktabning 3-sinfida o‘qiydi. Xatolarimdan afsuslanmayman.

“Birinchi turmush o‘rtog‘im meni ‘Romeo va Juletta’ filmidagi obrazimni ko‘rib yoqtirib qolgan. O‘g‘lim otasi haqida umuman so‘ramaydi. Chunki, uni deyarli ko‘rmagan. Otasi ham hech qachon qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘lining holidan xabar olmaydi. Sababini bilmayman. Biz o‘g‘limning otasi bilan gaplashmaymiz. Ajrashganimizdan beri. U oilasini saqlab qolishga harakat qilgan. Lekin birga yashab ketishga mening ko‘zim etmagan. Bo‘lmaydigan narsani bo‘lmagani yaxshi”,—deydi Zarina sobiq turmush o‘rtog‘i haqidagi savollarga javob berar ekan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Zarina Nizomiddinova: “O‘g‘limning otasi bilan gaplashmaymiz”