14:13 / 24.02.2017
12 364

Taniqli o‘zbek kinoaktyori Rossiya serialida suratga tushdi

Taniqli o‘zbek kinoaktyori Rossiya serialida suratga tushdi

Taniqli o‘zbek kinoaktyori Sa’dulla Moldaxanov TNT telekanali orqali namoyish etilayotgan "Adaptasiya" nomli Rossiya serialida rol ijro etdi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

Aktyor serialda Tyumendan 1000 kilometr uzoqlikda joylashgan neneslarning Tinzyan qishlog‘i raisi rolini ijro etgan.

Serialda Moldaxanovning qahramoni neneslarning erida uglevodorod qazib olishni maqsad qilgan "Gazprom" bilan muzokaralarda qishlog‘i manfaatini himoya qiladi hamda pul evaziga qishlog‘ini sotishga tayyor shamanga qarshi kurashadi.

Qayd etish joiz, Moldaxanov uchun Rossiya filmlari va seriallarida suratga tushish yangilik emas. U ilgari "Admiral", "Visoskiy. Tirik ekansan, rahmat", "Murom yo‘lida", "Chegarada turibman" kabi qator filmlarda suratga tushgan. Iste’dodli aktyor bu filmlarda asosan qozoq, xitoy, evenk, hindu va o‘zbeklar rolini ijro etgan.

"Adaptasiya" seriali "Gazprom"ga joylashish uchun maxsus topshiriq bilan kelgan amerikalik josus haqida bo‘lib, ijodkorlarning aytishlaricha, serial nafaqat kulgili, ayni paytda o‘tkir kinoyali loyiha hamdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Taniqli o‘zbek kinoaktyori Rossiya serialida suratga tushdi