16:39 / 25.02.2017
6 493

O‘z jonini xavfga qo‘yib, film ishlagan Xolid AQShga kiritilmaydi

O‘z jonini xavfga qo‘yib, film ishlagan Xolid AQShga kiritilmaydi

AQSh hukumati Suriyadagi urushlar tasvirga tushirilgan “Oq shlemlar” filmining ijodkorlaridan birini mamlakat hududiga kirishga ruxsat bermadi. 21 yoshli Xolid Xatib suriyalik bo‘lgani uchun “salbiy tahdidga” ega shaxs sifatida cheklov dasturiga uchradi, deb yozadi “Qalampir” sayti.

Gap shundaki, AQSh prezidenti Donald Tramp joriy qilgan, ettita mamlakat fuqarolarini AQSh hududiga kirishini vaqtincha taqiqlash akti doirasiga Xolid ham mansub. U suriyalik bo‘lgani uchun, ertaga, 26 fevral kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan “Oskar” kino mukofotining taqdirlash marosimida ishtirok eta olmaydi.

CNN’ning ma’lum qilishicha, AQSh ichki xavfsizlik vazirligi eng so‘nggi daqiqalarda shunday qarorga kelgan. Bundan avval, eronlik Islandiya fuqarosi bo‘lgan, sportchi Meysam Rafie AQShdagi chempionatga qo‘yilmagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘z jonini xavfga qo‘yib, film ishlagan Xolid AQShga kiritilmaydi