AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida Amerika kino san’ati akademiyasi mukofotlarini topshirish bo‘yicha 89-marosim boshlandi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Uni 49 yoshli taniqli qiziqchi Jimmi Kimmel olib bormoqda. Tadbir 13-marta 3,3 ming kishiga mo‘ljallangan Dolby teatrida o‘tkazilmoqda.
Mukofotlar 24 ta nominasiya bo‘yicha topshiriladi. Amerikalik kinorejissyor Demen Shazellning «La-La Lend» filmi favorit bo‘lib hisoblanmoqda, u 14 ta yo‘nalish bo‘yicha «Oskar»ga da’vogarlik qilmoqda. Nominasiyalar soni bo‘yicha kartina avvalgi rekordchi — Jeyms Kemeronning «Titanik» filmi bilan tenglashdi.
Ilk sovrindorlar e’lon qilinib bo‘ldi. «Oskar» mukofoti «Oy shu’lasi» filmida o‘ynagan Maxershale Aliga «Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor» yo‘nalishida topshirildi. «Xudkushlar otryadi» filmi «Eng yaxshi grim va soch turmaklari» yo‘nalishida mukofotga sazovor bo‘ldi. «Fantastik maxluqlar va ular yashaydigan joy» kartinasi esa eng yaxshi liboslar uchun «Oskar»ni yutib oldi.
Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film deya Ezra Edelman suratga olgan «O.Jey: Amerikada qilingan» dramasi e’tirof etildi.
«Oskar» haykalchalariga Deni Vilnyovning «Etib kelish» va Barri Jenkinsning «Oy sho‘lasi» filmlari sakkiztadan yo‘nalishda, Mel Gibsonning «Vijdon amri bilan», Gart Devisning «Sher» va Kennet Lonerganning «Manchester» filmlari oltitadan yo‘nalishda da’vogarlik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi