17:33 / 01.03.2017
13 057

Muqaddas Xoliqovaning qachon ishga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Muqaddas Xoliqovaning qachon ishga qaytishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova ikkinchi bor yurak xurujini boshidan o‘tkazgani, jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan davolangani va ma’lum muddat tanaffus qilishi haqida xabar bergan edik.

O‘zbek milliy akademik drama teatrida bir necha yillardan buyon namoyish etilib kelinayotgan “Ko‘ngil” spektaklida Muqaddas Xoliqova bosh rolni ijro etgan. Mazkur spektakl mana necha yillarkim sahnadan tushmay kelayapti. Har gal shu spektakl namoyish etilganda, zal tomoshabin bilan liq to‘ladi.

Xoliqovaning betobligi sabab “Ko‘ngil” qo‘yilmayotgan edi. Bugun, 1 mart kuni O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova “Qalampir” tahririyati bilan bog‘lanib, qachon ishga qaytishini, “Ko‘ngil” spektakli yana qachon sahnalarga chiqishini ma’lum qilgan.

Muqaddas Xoliqovaga ko‘ra, tanaffusdan so‘ng aktrisa 21 mart kuni yana faoliyatini boshlaydi. Navro‘z bayrami munosabati bilan tomoshabinlarning talab va takliflarini inobatga olgan holda O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Ko‘ngil” spektakli namoyish etiladi.

Aktrisaning salomatligi ancha yaxshi. U suhbat davomida betob bo‘lib qolganida qayg‘urgan, unga salomatlik tilagan do‘stlari, hamkasblari va muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Muqaddas Xoliqovaning qachon ishga qaytishi ma’lum bo‘ldi