21:18 / 01.03.2017
6 171

Mr Akrom qo‘li singani, san’atdagi ko‘rolmaslik va ustoz ko‘rmagan shogirdlar haqida gapirdi

Mr Akrom qo‘li singani, san’atdagi ko‘rolmaslik va ustoz ko‘rmagan shogirdlar haqida gapirdi

Ancha vaqtdan buyon TVda ko‘rinmay qolgan taniqli sozandalardan biri, O‘zbekistonda urma sozlar bo‘yicha etakchi cholg‘uchi Mr Akrom qo‘li lat egani uchun biroz san’atdan chetlashganini xabar qildi, deb yozadi Qalampir.uz. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali yozar ekan, qo‘lining lat egani atrofidagi odamlar, xususan, ayrim san’atkorlar va shogirdlarining o‘zi haqidagi fikrlarini bilib olishga ayni muddao bo‘lganini aytadi.

Mr Akrom bugungi san’atdagi qora piar, birovning mehnatini o‘g‘irlab, to‘yma to‘y yurish haqida quyidagilarni yozadi:

“Biz san’at sohasiga kirib kelganimizda ustozlarimiz faqat mehnat qilishga, katta martaba va yutuqlarga, xalq olqishiga faqat chin yurakdan qilingan mehnat orqali etilishiga o‘rgatishgan. Afsuski, bugun san’at sohasiga kirib kelayotgan ayrim sozandalar o‘zi ustoz ko‘rmayotgani etmagandek, qora piarni, birovning mehnati ortidan obro‘ topishni, shu orqali elga tanilishni istashadi. Qo‘lim sinib, biroz tanaffus qilishimga to‘g‘ri keldi. Bunda muxlislarim va yaqinlarim men uchun kuyunishdi, kimdir yaxshi tilak bildirdi. Do‘stlarim qo‘lim tuzalib ketishi uchun hissalarini qo‘shishdi. Men ulardan minnatdorman”.

Sozanda qo‘li singanidan so‘ng ko‘plab mish-mishlar, endi ijod qila olmas ekan qabilidagi gaplar tarqatilganiga urg‘u berdi:

“Qo‘lim singani ayrimlarga juda qo‘l keldi. Akrom endi ijodni yig‘ishtirsa ham kerak, degan gaplar ham qulog‘imga etib keldi. Chunki men urma sozlarni chalaman! Xavotirga o‘rin yo‘q. Dushmanlarim esa quvonmasalar ham bo‘ladi. Hammasi ortda qoldi. Shifokorlarning sa’y-harakati bilan qo‘lim tuzaldi, yana ijodni boshladim. Ammo o‘tgan o‘tgan davr odamlarning, ustozim deb yurganlarning asl yuzini ko‘rish imkonini berdi. Yaratgan bizga bunday sinovlarni shu uchun ham bersa kerak”.



Mr Akrom’ni O‘zbekistonda yoshlar auditoriyasi juda yaxshi taniydi. U bir necha yil chet mamlakatlarda ham sozandalik faoliyati bilan shug‘ulanib kelgan. U bugungi ijodi haqida gapirib, ayni vaqtda ko‘plab yangi loyihalar, yangi musiqiy albom ustida ish boshlaganini, tez orada ularni muxlislari hukmiga havola etishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mr Akrom qo‘li singani, san’atdagi ko‘rolmaslik va ustoz ko‘rmagan shogirdlar haqida gapirdi