13:30 / 03.03.2017
10 216

Ozodbek Nazarbekov dubaylik mashhur delfin bilan suratga tushdi

Ozodbek Nazarbekov dubaylik mashhur delfin bilan suratga tushdi

“Instagram”da O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning noodatiy tarzda tushgan surati paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “Darakchi nashri.

Odatda jiddiy qiyofada ko‘rinish beradigan Ozodbek Nazarbekovni bir qarashda tanish qiyin, ammo suratdagi haqiqattan ham u.

Avvalroq o‘zbekistonlik Shahzodalar suratga tushgan o‘sha mashhur delfin bilan endi Ozodbek Nazarbekov suratga tushdi.

Xonandaning matbuot vakili bergan ma’lumotlarga ko‘ra, surat xonanda farzandlari bilan fevral oyida Dubayga amalga oshirgan safari chog‘ida olingan.

Xonandaning ijodidagi yangiliklari haqida qiziqqanimizda, u 23-24-25-26 mart kunlari Vodiy bo‘ylab konsert taqdim etishi haqida bildik. Xonanda Andijon, Farg‘ona, Namangan va Qo‘qon shahridagi amfiteatrlarda o‘zining bahoriy konsertini taqdim etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov dubaylik mashhur delfin bilan suratga tushdi