07:21 / 12.03.2017
23 815

​Sharof Muqimov: “Sevinch menga qizimni ishonib topshirgisi kelmaydi”

​Sharof Muqimov: “Sevinch menga qizimni ishonib topshirgisi kelmaydi”

Xonanda Sharof Muqimov rafiqasi Sevinch Mo‘minova bilan ayni paytdagi munosabatlari va qizi bilan qay darajada tez-tez ko‘rishib turishi haqida “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

“Yana turmush qurishdan cho‘chimayapsizmi?” degan savolga Sharof quyidagicha javob berdi:

—Buni vaqt ko‘rsatadi. Ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Hali Sevinch bilan qonunan ajrashganimiz yo‘q. Lekin hozirda u bilan ayro yashayapmiz.

“Qizim bilan tez-tez ko‘rishib turaman. U bolalar maydonchasiga borib, o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Lekin Sevinch menga qizim Leylani ishonib topshirgisi kelmaydi. Sababini so‘rasam, u buni ‘Qorni ochib qolishi yoki sovqotib qolishi mumkin, erkaklar bolalarga ayollarchalik e’tiborli bo‘lmaydi’deb izohlaydi”,—deydi Sharof Muqimov qizi haqida gapirar ekan.

Avvalroq, xonanda marhum onasi rafiqasi Sevinchning muxlisi bo‘lganini aytib o‘tgandi.

Sevinch va Sharof Muqimov 2010 yilda turmush qurgan. Ularning Leyla ismli qizlari bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Sharof Muqimov: “Sevinch menga qizimni ishonib topshirgisi kelmaydi”