17:39 / 18.03.2017
15 164

​Aziza Niyozmetova: “Gulsanam Mamazoitova asar yaratmaydi, tayyor asarni chiroyli kuylaydi”

​Aziza Niyozmetova: “Gulsanam Mamazoitova asar yaratmaydi, tayyor asarni chiroyli kuylaydi”

Xonanda Aziza Niyozmetova jurnalist Jasur Hamroyev bilan Facebook orqali suhbatida muxlislarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi. Xususan, suhbat davomida xonanda O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ijodiga munosabat bildirdi, deb yozadi Darakchi nashri.

“Gulsanamning ashulalari ham, o‘zini tutishi ham yaxshi. U chetdan qaraganda g‘ururli tuyuladi. Lekin Gulsanam yaxshi, samimiy, tarbiyali qiz. U o‘zini tutishni biladi. Tutishni bilgani uchun, bekordan bekorga “xalq artisti” bo‘lib o‘tirmagandir. Uning “Orzular” qo‘shig‘i yoqadi. O‘ziga yarasha nafasi bor. Gulsanam asar yaratmaydi, yaratilgan asarni chiroyli kuylaydi”, — deydi Aziza Niyozmetova.

“Gulsanam Mamazoitovaning akasining ijodini kuzatasizmi?” degan savolga xonanda quyidagicha javob berdi:

— Akasi juda kuchli san’atkor. U asarlar yaratadi. Uni bemalol xalq artistlari ro‘yxatiga kiritish mumkin.

Avvalroq, Aziza Niyozmetova shu kunga qadar bironta mukofot yoki unvon olmaganini ma’lum qilgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Aziza Niyozmetova: “Gulsanam Mamazoitova asar yaratmaydi, tayyor asarni chiroyli kuylaydi”