16:31 / 04.04.2017
8 440

11 nafar madaniyat xodimiga yangi uylarning kaliti topshirildi (Foto)

11 nafar madaniyat xodimiga yangi uylarning kaliti topshirildi (Foto)
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri hamda O‘zbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi xodimlarining 11 nafariga Yunusobod tumanining 17-mavzesidan birdan to‘rt xonagacha bo‘lgan bepul turar uy-joylar ajratildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmatiga tayanib UZ24 xabar beradi.

Mehnat jamoalaridagi faoliyati, yashash sharoitlari, fuqarolar yig‘ini, ish joylaridan taqdim etilgan tavsiyanomalar hamda boshqa barcha holatlar inobatga olgan holda Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatridan – dirijyor Bobomurod Xudoyqulov, balet artistlari Ulug‘bek Olimov, Zamir Fazlutov, Nodira Hamroyeva, direktor o‘rinbosari Oybek Bahodirov, opera solistlari Rustam Alimardonov, Nosir Yusupov, Ma’suma Boltaboyeva, Shirin Mamatova, "Tumor” raqs ansambli bosh baletmeysteri Charos Jo‘raboyeva, O‘zbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasidan esa "Navro‘z” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Zarina Ahmedovalarga yangi uylar topshirildi.






Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 11 nafar madaniyat xodimiga yangi uylarning kaliti topshirildi (Foto)