15:59 / 02.06.2015
14 216

Mahmud Namozov kuyoviga mashina sovg‘a qilmoqchi

Mahmud Namozov kuyoviga mashina sovg‘a qilmoqchi

31-may kuni Toshkent shahridagi "Sayohat" to‘yxonasida el ardog‘idagi ijodkor Mahmud Namozov ikkinchi qizining nikoh to‘yi marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Muz.uz.

To‘yda qatnashganlarning guvohlik berishicha, Mahmud Namozov surxondaryoliklar udumi bo‘yicha kuyoviga ko‘rmana o‘rnida avtomobil kaliti berishni va’da qilgan.

Qayd etilishicha, surxondaryoliklar odatiga ko‘ra, nikoh oqshomida qaynota o‘z kuyovi kelin-kuyov uchun tayyorlangan joyga o‘tirishi uchun unga ko‘rmana berishi kerak hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Mahmud Namozov 4 farzandning otasi bo‘lib, bir o‘g‘il va 3 qizning otasi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mahmud Namozov kuyoviga mashina sovg‘a qilmoqchi