16:04 / 19.04.2017
10 668

“Million”ning konserti seanslari to‘rttaga ko‘paydi

“Million”ning konserti seanslari to‘rttaga ko‘paydi
Avvalroq, “Million” jamoasi joriy yilning 24-28 aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida navbatdagi konsert dasturini taqdim etayotgani haqida xabar bergan edik. “Million”chilarning minglab muxlislari talab va istaklariga binoan konsert seanslari yana to‘rttaga ko‘paydi. Bu haqda jamoa a’zosi Davron Kabulov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi.
 
“Muxlislar talabini inobatga olgan holda va o‘kuvchi-talaba yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida “Million” jamoasi aprel oyining so‘ngida bo‘lib o‘tadigan konsertlarga kunduzgi seanslar qo‘shilganini ma’lum kiladi”, deb yozadi Davron Kabulov.
 
“Million”ning galdagi konserti afishalarida Davron Kabulovning ko‘rinmagani jamoaning ko‘pchilik muxlislarida bir savolni uyg‘otdi: Davron Kabulov “Million”ni tark etdimi? Kabulovga ko‘ra, u jamoani tark etgani yo‘q. Ma’lumotlarga qaraganda, u konsertda ishtirok etadi.
 
“Million” jamoasining o‘tgan yili sentyabr oyida taqdim etgan 9 seansdan iborat konsert dasturi keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilinib, ayovsiz tanqidlarga sabab bo‘lgan edi. Hatto buning ortidan ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislar o‘rtada ziddiyatlar kelib chiqdi. Buning oxiri esa jurnalistlar, adabiyotshunoslar, yozuvchi va shoirlar, madaniyat vakillari va jamoa a’zolarining bir-biriga raddiyalari bilan yakun topdi. Ko‘ramiz, “Million”chilarning bu yilgi konserti qanday bo‘larkin? Ular tanqidlarni inobatga oladimi yo...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Million”ning konserti seanslari to‘rttaga ko‘paydi