16:11 / 19.04.2017
8 357

Yulduz Usmonovaning konsertida AQSh elchisi ishtirok etdi

Yulduz Usmonovaning konsertida AQSh elchisi ishtirok etdi
Ayni kunlarda Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning yakkaxon konserti o‘tkazilmoqda. Odatda bu kabi shoularda mashhurlar qatnashishi an’anaga aylangan. Biroq Yulduz Usmonovaning konsertida kutilmagan mehmon – AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Pamela Spratlen xonim ham ishtirok etdi.
 
San’atkorning rasmiy saytida xabar berilishicha, elchi primadonnaning ijodini yuqori baholagan va o‘zbek tilida “Yulduz Usmonova, siz juda zo‘r” deya qayd etgan.
 
Ta’kidlash joiz, el suygan xonandaning “Ey, aziz inson” deb nomlangan konserti uzoq kutilgan edi. Shu bois ham dastur kunlariga ikki kun qo‘shildi. Konsert 23 aprelga qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonovaning konsertida AQSh elchisi ishtirok etdi