21:24 / 27.04.2017
8 733

«Amar, Akbar, Antoni» filmining bosh qahramonlaridan biri vafot etdi

Mashhur hind aktyori, Bollivudning 1970—1980 yillardagi yulduzi Vinod Kxanna Mumbayda olamdan o‘tdi. NDTV telekanalining ma’lum qilishicha, aktyor og‘ir kasallik tufayli 70 yoshida shahar kasalxonalaridan birida vafot etgan, deb yozadi «Daryo» nashri.
«Amar, Akbar, Antoni» filmining bosh qahramonlaridan biri vafot etdi
Kxanna aktyorlik faoliyatini 1970 yillarning boshida boshlagan va bir necha yil ichida Hindistonning sevimli aktyorlaridan biriga aylangan. Uning ishtirokidagi «Qalbim o‘g‘risi» (1976), «Amar, Akbar, Antoni» (1977), «Taqdir hukmdori» (1978), «Chandni» (1989) va boshqa filmlar o‘z davrida tomoshabinlarning sevimli kinosiga aylanib ulgurgan edi. Mahalliy matbuot uni «Bollivuddagi so‘nggi romantik aktyorlardan biri» deb atagan.

Shuningdek, Kxanna siyosatda ham faol ishtirok etgan — u «Hindiston xalq partiyasi» a’zosi bo‘lgan va parlament quyi palatasiga saylangan. Bundan tashqari, madaniyat va turizm vaziri bo‘lib, Tashqi ishlar vazirligida ham faoliyat yuritgan. Telekanalning qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda Kxanna kasalligi sabab aktyorlik va siyosiy faoliyatini yig‘ishtirishga majbur bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Amar, Akbar, Antoni» filmining bosh qahramonlaridan biri vafot etdi